28 Oktyabr 2021 yil 439

Yashash uyida giyohvand modda saqlayotgan shaxs aniqlandi

Tintuv oʻtkazish qarori asosida, Sirdaryo viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan Sirdaryo tumani Ilgʻor mahallasida yashovchi, B.Gning yashash xonadon tintuv oʻtkazilganda, yashash xonadoni mehmonxonasi shkafidan oq rangli matodan tikilgan xaltachada, oʻzidan oʻtkir hid taratuvchi, yashil rangli, quruq holatdagi marixuana giyohvandlik vositasiga oʻxshash vosita borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan. B.G mazkur giyohvandlik vositasini yashash uyida ekib parvarishlaganligi aniqlangan. Sud kimyoviy ekspertizasining xulosasiga koʻra, B.Gning xonadonida aniqlangan oʻramdagi oʻzidan oʻtkir hid tarqatuvchi, oʻsimlik moddalari tarkibida faol giyohvand modda, tetragidrokannabinol mavjud boʻlib, marixuana ekanligi va ogʻirligi 94 grammga tengligi koʻrsatilgan.

Hozirda holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi va 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech