20 May 2022 yil 223

Yangiyer shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari mayor Baxtiyor Xudaybergenov Yangiyer shahar “Shodiyona” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Yangiyer shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari mayor B.I.Xudaybergenov Yangiyer shahar “Shodiyona” mahallasi hududida aholi bilan “Sayyor qabul” o‘tkazdi. Uchrashuv davomida aholi turmushida uchrayotgan to‘siqlar, muammolar hamda ularni yechimi bo‘yicha takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi. Ushbu sayyor qabulda aholi tomonidan asosan mahalladagi elektr ustunlarini, ichimlik suvi minorasini, ichki yo‘llarni taʼmirlash, imtiyozli kredit olish, bolalar sportini rivojlantirish, mahalladagi oqar suv muammosini hal etish hamda kanalizatsiyalar tizimini tozalashda amaliy yordam berish kabi masalalarida murojaatlar kelib tushdi.

Qabulda 30 nafardan ortiq fuqarolar qatnashib, ulardan 14 nafari turli masalalarda murojaat qilishdi. Ushbu murojaatlar qisqa muddatli nazoratga olinib, tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlarga ijobiy hal qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Jumladan, shahar IIB boshlig‘ining topshirig‘iga asosan Yangiyer shahar “Shodiyona” MFY, Fazogirlar ko‘chasi, 6/14-uyda yashovchi To‘ychiyeva Sitora Sobirjon qizining murojaati yuzasidan malakali tibbiyot mutaxassislari bilan tibbiy yordam ko‘rsatildi hamda viloyat tibbiyot muassasalariga borib davolanishi uchun yo‘llanma berildi. 

Bu kabi uchrashuvlardan keyin aholi tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarning har birini ijrosi taʼminlanishi bo‘yicha 3-sektor rahbariyati tomonidan shaxsan joylarga chiqqan holda o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

 Yangiyer shahar Ichki ishlar bo‘limi

Text to speech