18 Noyabr 2021 yil 376

Xovos tumanida yashovchi ish bilan band bo‘lmagan oila a’zolarni ish bilan ta’minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlari” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Xovos tumanda yashovchi ish bilan band bo‘lmagan oila a’zolarni ish bilan ta’minlash maqsadida o‘tkaziladigan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tumandagi bandligi ta’minlanmagan ishsiz fuqarolarni, mehnat migrantlarini hamda tumandagi ishsiz yoshlar, bitiruvchilar, tuman IIO Probatsiya guruhi hisobida turgan hozirgi kunda vaqtincha ishsiz bo‘lgan maxkumlarni ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha “Bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlari” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Ushbu o‘tkazilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlari” yarmarkasi  tadbiriga 17 ta korxona va tashkilotlar o‘zlarining ko‘rgazmali qurollari va stendlari bilan bo‘sh ish o‘rni va ixtiyoriy xisobot topshirgan “BESH FESHION” fabrikasi, “Yangier Karvon servis” MChJ, Jamoat ishi va “Xovos tuman yo‘l xo‘jaligi pudrat tamirlash foydalanish” korxonasi, “Elegant” MChJ, “Xovos tuman 1-MTM, 2-MTM, 3-MTM 4-MTM, 14-sanat va musiqa maktabi” bo‘sh ish o‘rni bilan jami 300 ta bo‘sh ish o‘rni bilan tadbirda ishtirok etib, “Bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlari” yarmarkasida qatnashdilar.

Yakka tartibdagi tadbirkorlikni afzallik tomonlari va O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartiblari to‘g‘risida aholiga huquqiy maslaxatlar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘z o‘zini band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasini joriy etish  to‘g‘risidagi 566-sonli qarori haqida kelganlarga ma’lumot berilib, ushbu guvohnomani olgan fuqarolarga beriladigan imtiyozlar va afzalliklari hamda ularga ijtimoiy huquqiy kafolatlari to‘g‘risida tushintirish ishlari olib borildi.

Xovos tumani IIB Probatsiya guruhi hisobida turgan hozirgi kunda vaqtincha ishsiz bo‘lgan maxkumlardan 15 nafari ishtirok etdi va ularning mutaxassisligidan kelib chiqqan holda bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi. 

Yarmarka natijalariga ko‘ra, jami 120 nafar ishsiz fuqarolar ish bilan ta’minlash bo‘yicha yo‘llanmalar berildi, shuningdek 78 nafar ishsiz fuqaroga huquqiy maslaxat va tushunchalar berildi.

    Xovos tuman IIB Probatsiya guruhi

Text to speech