20 Oktyabr 2021 yil 439

Xonadonga yashirincha kirib oʻzganing mol-mulklarini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga olindi.

2021-yil 13-oktyabr kuni Shirin shahar, Farhod mahallasi yashovchi fuqaro B. S nomaʼlum shaxs yashash xonadoniga deraza oynasi orqali kirib, uyida boʻlgan bir dona 2.000.000 soʻmlik “REDMI-9” nomli telefon apparati, bir dona qora rangli erkaklar charm kurtkasi va uning choʻntagida boʻlgan 100.000 soʻm pullarni oʻgʻirlab voqea joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.

Jinoyat qidiruv tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan surushtiruv ishlari davomida mazkur jinoyatni Toshkent viloyati Bekobod tumanida yashovchi Gʻ.A ekanligi aniqlanib, undan jabrlanuvchi S.B ga tegishli boʻlgan bir dona “REDMI-9” nomli telefon apparati va bir dona qora rangli erkaklar charm kurtkasi daliliy ashyo tariqasida olinib, jazo muqarrarligi taʼminlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Gʻ.Aga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech