21 Dekabr 2021 yil 254

“Xavfsiz tun tadbiri davomida” Boyovut tumani IIB xodimlari tomonidan sud tomonidan yuklatilgan taqiq va cheklovlarga rioya etib yashayotgan shaxslar tekshirildi.

Boyovut tumani IIO Probatsiya guruhi hisobida Ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlanib, Ahloq tuzatish ishlari jazosini oʻtayotganlar 51 nafarini, muayyan huquqdan mahrum qilish jazosini oʻtayotganlar 28 nafarni, Ozodlikni cheklash jazosini oʻtayotganlar 43 nafarni, Sinov muddati jazosini 1 nafarini, muddatidan ilgari shartli ozod etilganlar 38 nafarni jami 161 nafar nazorat ostidagi shaxslarni tashkil etadi.
Hozirgi kunda Boyovut tumani IIO Probatsiya guruhi hisobida jazo oʻtayotgan shaxslar tomonidan qayta jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishlarini oldini olish, maqsadida tumani IIB boshligʻining kunlik tun tadbiriga jalb etilgan sohaviy xizmatlari bilan hamkorlikda 51 nafar axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtayotgan nazorat ostidagilarni ish joylaridan hamda 43 nafar Ozodlikni cheklash jazosini oʻtayotgan nazorat ostidagi shaxslarni sud tomonidan yuklatilgan taqiq va cheklovlarga rioya etib yashayotganligini tekshirilib, muntazzam nazorat qilib borilmoqda.

Boyovut tumani IIO Probatsiya guruhi

Text to speech