26 Yanvar 2023 yil 336

“Xavfsiz hudud” maxsus profilaktik tadbiri tashkil etildi.

Sirdaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tomonidan, jinoyatchilikni oldini olish maqsadida, Guliston shahar hududida 2022 yil yakuni bo‘yicha jinoyat oshib ketib, “qizil” toifaga kiritilgan mahallalarda Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda “Xavfsiz hudud” maxsus profilaktik tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida, jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan 155 nafar shaxslar bilan profilaktik ogohlantiruv suhbatlari o‘tkazildi, 14 ta jamoat joylarda spirtli ichimlik isteʼmol qilib, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar aniqlanib, maʼmuriy chora ko‘rildi. 14 ta maktablarda o‘quvchilarning darsga qatnashish ahvoli o‘rganilib, 19 ta sababsiz darsga qatnashmayotgan voyaga yetmagan shaxslar aniqlanib, ro‘yxatga olindi.

Profilaktik tadbir davom etmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB JXX HPB

Text to speech