1 Dekabr 2022 yil 309

XALQ POSBONLARI OILASI BILAN XIZMATDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ–2906-son «Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlarini xizmat uy-joyi bilan taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori hamda Ichki ishlar vazirining 2017-yil 28-iyuldagi “Ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlariga xizmat turar joylarini ajratish, ulardan foydalanish va saqlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomni tasdiqlash haqida 161-son qaroriga asosan Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlarini kommunal-maishiy sharoitlarga ega boʻlgan, zamonaviy talablar va standartlarga javob beradigan qulay xizmat uy-joyi bilan taʼminlash, shuningdek profilaktika inspektorlarining nufuzini oshirish va xizmatni samarali oʻtashini taʼminlash maqsadida profilaktika inspektorlari bevosita ular xizmatni oʻtaydigan hududda joylashadigan xizmat uy-joyi bilan taʼminlangan.

Guliston, Boyovut hamda Mirzaobod tumanlaridagi har bir mahalla uchun profilaktika (katta) inspektorlari biriktirilgan boʻlib, 82 ta mahallalardan 63 tasida profilaktika inspektorlarining yashashlari uchun xizmat uylari mavjud. Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari-Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻi podpolkovnik Shermatov Qahramon Hotam oʻgʻli tuman profilaktika inspektorlarining xizmat uylarida yashash sharoitlarini oʻrganish maqsadida xonadonlarida boʻldi. 

Joylarga borgan rahbarlar profilaktika inspektorlarining oila aʼzolari bilan birga, bir dasturxon atrofida oʻtirib, ularning yaratilgan sharoitlardan minnatdor ekanliklarini eshitishib davlatimiz tomonidan chiqarilayotgan qaror va farmonlarning barchasi xalq va el manfaatlari uchunligi xususida tushuntirilib, vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish ustuvor vazifamiz ekanligi taʼkidlandi.

Text to speech