22 Noyabr 2021 yil 326

Viloyat hududida jinoyat oshgan mahallalarda, jinoyatchilikni jilovlash, “Xavfsiz hudud”ga aylantirish yuzasidan seminar o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 mart kungi PF-6196-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan, jinoyatchilikdan kelib chiqib, mahallalarni toifalarga ajratish hamda jinoyat oshib ketayotgan mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash yuzasidan belgilab berilgan chora-tadbirlardan kelib chiqqan holda, Guliston shahar “Ulug‘obod” mahallasida seminar o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘ulotida, shahar-tuman IIB boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari – jamoat havfsizligi xizmati boshliqlari hamda Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘lim va bo‘linma rahbarlari ishtirok etdilar.

Bugungi kunda, viloyatimiz hududida 91 ta mahallalar “Qizil” toifadagi mahallalar tarkibiga kiritilgan bo‘lib, ushbu mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan “Kichik ishchi” guruhlari tashkil etilishi, viloyat xokimining 2021-yil 14-sentyabr kunidagi 93-9-0-F/21 sonli farmoyishi asosida jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan „Sirdaryo tajribasi“ asosida jinoyat keltirib chiqaruvchi hamda jinoyat qurboni bo‘lib qolish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatlarini shakllantirish, ushbu toifadagi shaxslar bilan profilaktik chora-tadbirlarni olib borish borasida vazifalar belgilab olindi.

Sirdaryo viloyati IIB HPB

Text to speech