30 Noyabr 2022 yil 290

Vazirlar Mahkamasi qarori ijrosi yuzasidan targ‘ibot o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2022 yil 14 oktyabr kungi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va huquqbuzarliklarning oldini olishda davlat organlari va tashkilotlari idoraviy qorovullik bo‘linmalarining faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 598-sonli qarori ijrosi yuzasidan, Guliston shahar korxona va tashkilotlarning masʼul vakillari ishtirokida targ‘ibot uchrashuv o‘tkazildi.

O‘tkazilgan uchrashuv davomida, masʼul shaxslarga obyektlarda qorovullik faoliyatini tashkil etish, idoraviy qorovullik bo‘linmalari faoliyati, qo‘riqlanadigan obyektlar haqida tushunchalar berildi.

Asosiy eʼtibor, fuqarolarning va davlat idoralari moddiy boyliklarini qo‘riqlanishini taʼminlash, qorovullik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning vazifalari va vakolatlari, tezkor aloqa chaqiruvlarni tashkil etish tartiblariga qaratilib, qaror bilan belgilangan huquq va majburiyatlar yoritildi.

Viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tomonidan, fuqarolarni xonadonlarini ishonchli qo‘riqlanishini tashkil etish maqsadida, qo‘riqlash pultiga ulanish tartibi va afzalliklari to‘g‘risida yig‘ilish ishtirokchilariga amaliy misollar bilan tushuntirildi.

 Sirdaryo viloyati IIB JXX HPB

Text to speech