17 Oktyabr 2021 yil 1075

O‘quvchi reydi tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Sirdaryo viloyati prokuraturasi hamda viloyat IIB HPB ning «Viloyat hududidagi tuman-shaharlarda joylashgan taʼlim muassasalarida o‘quvchilar davomatini yaxshilash, voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan turli xil ko‘rinishdagi jinoyatlarni oldini olish, dars vaqtida voyaga yetmaganlarning internet klublari, maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqa joylarda bemaqsad yurishlarini oldini olish hamda tungi vaqtlarda ko‘ngilochar maskanlarda ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning kuzatuvisiz bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida» gi qo‘shma rejasiga muvofiq Guliston shahrida voyaga yetmaganlar o‘rtasida «O‘quvchi reydi» tadbirlari o‘tkazildi. Tadbir Sirdaryo viloyati prokuraturasi, viloyat IIB HPB, Guliston shahar prokuraturasi, shahar IIB, shahar Yoshlar ittifoqi, Guliston shahar xalq taʼlimi bo‘limi va boshqa mutasaddi idoralar hamkorligida tashkil etilib, tadbirlar davomida Guliston shahridagi 7 ta umumiy o‘rta taʼlim maktablarida “Davomat”, “Tig‘”, “O‘quvchi” reydlari o‘tkazildi va maktablarda «Odob axloq qoidalariga» rioya qilmagan 8 nafar hamda maktab «Ichki tartib intizom» qoidalariga rioya qilmagan 6 nafar o‘quvchilar aniqlanib, ularga nisbatan tegishli tartibda profilaktika ishlari olib borildi.

Shu bilan birga dars vaqtida voyaga yetmaganlarning internet klublarida bo‘lishlari, tungi vaqtlarda ko‘ngil ochar maskanlarda bemaqsad yurishlarini oldini olish maqsadida Guliston shahridagi 6 ta kompyuter o‘yinlari shahobchalari faoliyati o‘rganildi. Reyd ishtirokchilari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida Guliston shahar Turkiston ko‘chasida joylashgan kompyuter o‘yinlari shahobchasida 1 nafar voyaga yetmaganning dars vaqtida o‘tirganligi aniqlanib, ushbu voyaga yetmaganga nisbatan tegishli tartibda hujjatlarni rasmiylashtirildi.

Tadbirlar davomida voyaga yetmaganlarga jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni oldini olish, internet tizimidan maqsadli foydalanish, tig‘li va boshqa turdagi noqonuniy jismlarni maktablarga olib kelmaslik, dars mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida qatnashishlari yuzasidan keng ko‘lamdagi profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

Text to speech