17 Yanvar 2022 yil 305

Ular sogʻligʻiga befarq emaslar

IIV Sirdaryo akademik litseyida 1-bosqich oʻquvchilari oʻrtasida emlash jarayonlari amalga oshirilmoqda. Oʻz sogʻligʻiga befarq boʻlmagan oʻquvchi-yoshlar taʼtil boʻlishiga qaramay litseyda oʻtkazilayotgan Covid-19 virusiga qarshi emlash jarayonida faol ishtirok etishdi.

«Bizning yosh toifasiga ham vaksinalar kelganligi bizni quvontirdi. Ayniqsa, uzoqqa bormay litseyimiz hududida bu ishlar amalga oshirilayotganidan xursandmiz “- deydi 1-bosqich oʻquvchisi Madina Bekmurodova.

IIV Sirdaryo akademik litseyi oʻquvchilari “Pfizer” vaksinasi bilan emlanmoqda. Boʻlajak Ichki ishlar organi xodimlari sogʻligʻiga befarq emaslar!

IIV Sirdaryo akademik litseyi Yoshlar yetakchisi Charos Shodmonova

Text to speech