24 May 2023 yil 377

Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyi o'quvchilari uchun Milliy gvardiya chavandozlar maktabida mahorat darsi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 22-may kuni “Ma’naviyat oyligi” doirasida IIV Sirdaryo akademik litseyi o’quvchilari Boyovut tumanida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi chavandozlar maktabiga tashrif buyurishdi. Tashrif chog’ida maktab direktori podpolkovnik Ya.Djalilov o’quvchilarga muassasada yaratilgan sharoitlar, jumladan, ot sport turlari hamda maktabdagi zotdor otlar haqida batafsil ma'lumotlar berdi. Shuningdek, kelgusida maktabda tashkil etilishi ko‘zda tutilgan ippoterapiya (otda yurish orqali fizioterapevtik davolash) tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya markazi haqida so‘z bordi. Bu kabi ma’lumotlar o’quvchilarda ot sport turiga bo’lgan qiziqishini yanada oshirib, katta taassurot uyg’otdi.

         Litsey o’quvchilar o’zlari ham otlarni minib ko’rish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Bu orqali ular buyuk sarkardalarimizning naqadar mohir chavandoz boʻlganliklarini, jang taktikalarini, turon xalqlarining harbiy sanʼatlari haqida batafsil taassurotga ega boʻldilar.

Text to speech