16 Sentyabr 2020 yil 688

“Temir yoʻllarda xavfsiz kun” profilaktik tadbiri doirasida Xovos temir yoʻl bekatida yoʻlovchilar tekshiruvdan oʻtkazildi.

Sirdaryo viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boʻlimi va Xovos tarmoq SES xodimlari bilan hamkorlikda haftaning Chorshanba kuni “temir yoʻllarda xavfsiz kun” profilaktik tadbiri doirasida Xovos temir yoʻl bekatida karantin qoidalariga rioya etgan xolda yoʻlovchilar tekshiruvdan oʻtkazildi. Yoʻlovchilarning tana haroratlari oʻlchanib, yangi niqoblar tarqatildi. Yoʻlovchilarga temir yoʻllarda harakatlanish davomida turli xildagi baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida temir yoʻl qoidalariga qatʼiy amal qilishlari, oʻzi bilan tigʻli buyumlarni olib yurmaslik xamda ijtimoiy masofani saqlagan xolda karantin qoidalariga rioya etishlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, temir yoʻl korxona va tashkilotlarda ishchilar karantin xamda xavfsizlik qoidalariga rioya etishlari tekshirildi. Tekshiruv tadbirlari davomida karantin qoidalarini buzgan ishchilarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Text to speech