9 Oktyabr 2021 yil 487

TANQID-KELAJAK MEVASI: Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari ishtirokida “Xodimlarning xizmat va ijrochilik intizomi, qonun buzilish holatlari sodir etilishini oldini olishga qaratilgan” yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda, Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor A.Ikramov, IIV SHXBB boshligʻi, polkovnik M.Mirziyayev hamda viloyat IIB rahbarlari va shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i polkovnik Sh.H.Bo‘ronov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi masala yuzasidan so‘zni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor A.Ikramovga berdi.

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor A.Ikramov so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida Ichki ishlar organlarida tub islohotlar amalga oshirilib, bunda sohani xalq manfaatlariga o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatadigan, kriminogen vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirishga qodir professional tizimni shakllantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar olib borilganligini, Ichki ishlar organlarining moddiy-texnik bazasi tubdan mustahkamlanganligini, soha xodimlari jahon andozalariga mos aloqa, texnika va zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan ta’minlanganligini, xodimlarning oylik maoshlari bosqichma-bosqich oshirilib, ijtimoiy himoyasiga alohida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidladi. Shuningdek, kun tartibidagi masala yuzasidan xodimlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar, xizmat intizomi va qonunchilikning buzilishi, shuningdek, kelgusida xodimlar oʻrtasida salbiy holatlarning oldini olish borasida toʻxtalib, Respublika boʻyicha xodimlar bilan bogʻliq boʻlgan salbiy holatlardan misollar keltirib xulosa qilishga chaqirdi.

Tizimda olib borilayotgan keng islohotlar va yaratib berilayotgan imkoniyatlarga qaramay, xodimlar orasida oʻz xizmat faoliyatiga masʼuliyatsizlik bilan qarayotgan, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etayotganlarini taʼkidlab oʻtdi.

Hurmatli hamkasblar yana bir bor barchangizni qatʼiy ogohlantiraman davlat rahbari, mehnatkash xalqimiz sizu bizga yuksak ishonch bildirgan. Bu ishonchli oqlash uchun qatʼiy tartib-intizom bilan ishlashimiz shart va zarur. Ochiqlik va shaffoflik yoʻlidan bormoqdamiz. Buni ham unutmasdan xizmat vazifamizni vijdonan ado etish bugungi kuning talabidir.

Yigʻilishda ishtirok etgan IIV SHXBB boshligʻi, polkovnik Muxtor Mirziyoyev kun tartibidagi masala yuzasidan tanqidiy mulohaza bildirib, xodimlar bilan bogʻliq salbiy holatlarni keltirib oʻtdi. Shahar-tuman IIB boshliqlari hamda oʻrinbosarlari qatʼiy ogohlantirib, kelgusida xizmat intizomi va xodimlariga javobgar shaxs sifatida ularga ham oʻrnatilgan tartibda intizomiy chora koʻrilishini bildirdi.

Yigʻilish soʻngida xizmat faoliyatida xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan ayrim xodimlarga nisbatan turli xil intizomiy taʼsir choralari koʻrildi.

Xususan, xizmatida kechirib boʻlmas xatoga yoʻl qoʻygan 4 nafar xodim shu yerning oʻzida ichki ishlar organlari safidan boʻshatildi. Bir nafarini egallab turgan lavozimidan ozod qilish belgilandi.

Xodimlar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy-profilaktik ishlar samaradorligini yanada oshirish, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida kelgusida amalga oshirilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlar belgilandi.

Sirdaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati

Text to speech