25 Noyabr 2021 yil 366

Ta’lim muassasalariga noqonuniy jismlar olib kelgan o‘quvchilarga nisbatan javobgarlik choralari ko‘rilmoqda.

Sirdaryo viloyati prokuraturasi hamda viloyat IIB HPB ning 2021 yil 14 oktabr kungi “Viloyat xududidagi tuman-shaharlarda joylashgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilar davomatini yaxshilash, voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan turli xil ko‘rinishdagi jinoyatlarni oldini olish, dars vaqtida voyaga yetmaganlarning internet klublari, maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqa joylarda bemaqsad yurishlarini  oldini  olish  hamda tunggi vaqtlarda ko‘ngilochar maskanlarda ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning kuzatuvisiz bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida” gi  qo‘shma rejasiga muvofiq Guliston shahar IIB HPB VEMB xodimlari tomonidan barcha ta’lim muassasalarida “Davomat”, “O‘quvchi reydi”, “TIG‘”, “Tunggi reyd” tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Shu bilan birga keyingi vaqtlarda voyaga yetmaganlar o‘rtasida an’anaviy noqonuniy pirotexnika vositalaridan foydalanish holatlari nisbatan ko‘payib borayotganligidan kelib chiqib, ta’lim muassasalarida “PIROTEXNIKA” vositalarini aniqlash, ularga qarshi qonun talablaridan kelib chiqib  tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, bugungi kunga kelib o‘tkazilayotgan tadbirlar davomida voyaga yetmaganlar tomonidan maktablarga ta’qiqlangan o‘tkir tig‘li jismlarni olib kelish bilan bog‘liq 3 ta holat aniqlangan bo‘lsa,  noqonuniy pirotexnika vositalarini olib kelish bilan bog‘liq  10 dan ortiq holatlar aniqlanib, huquqbuzarlik harakatlarini sodir etgan barcha voyaga yetmaganlarning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 471-moddasiga muvofiq javobgarlik choralari qo‘llanildi.

Shu bilan birga Guliston shaharidagi barcha ta’lim muassasalarida voyaga yetmaganlar noqonuniy pirotexnika vositalaridan foydalanmaslik, maktabga faqat o‘quv qurollari bilan tashrif buyurish, noqonuniy jismlar olib kelmaslik, ta’qiqlangan jismlarni ta’lim muassasalariga olib kelish bo‘yicha qonun bilan javobgarlik choralari belgilanganligi to‘g‘risida targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazilmoqda. Tadbirlar davom etmoqda.

 Guliston shahar IIB HPB

Text to speech