15 Sentyabr 2021 yil 427

Sirdaryo viloyati IIB tomonidan “Xavfsiz taʼlim muassasasi” tamoyili asosida samarali ishlar yoʻlga qoʻyildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-aprel kunidagi “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5050 sonli qarori 6-bandi, yaʼni Ichki ishlar vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligining “Xavfsiz taʼlim muassasasi” tamoyili asosida umumiy oʻrta taʼlim maktablarida inspektor psixolog lavozimini joriy etish va ularni xizmat xonalari bilan taʼminlash yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2021-yil 31-avgust kunidagi “Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha boʻlinmalari faoliyatini tashkil etish boʻyicha vaqtinchalik nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi talablariga asosan 28 ta inspektor psixologlar viloyati hududida joylashgan 313 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablariga biriktirildi. Bugungi kunda ushbu inspektor-psixologlarga maktablardan xizmat xonalari tashkil etilib, mazkur xonalar buyruq talablari asosida jihozlandi. Hozirda,ushbu inspektor psixologlar tomonidan voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatlar va maʼmuriy huquqbuzarliklarni oldini olish, voyaga yetmaganlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida, “Davomat”, “TIGʻ”, “Oʻquvchi” va “Tungi reyd” tadbirlar hamda uchrashuvlar tashkil muntazam tushuntirish va targʻibot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, 2021-2022 oʻquv yilining shu kuniga qadar darslarga oʻz vaqtida qatnashmasdan bemaqsad yurgan, huquqbuzarlik sodir etgan 14 nafar oʻquvchilarning ota-onalariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasiga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib tegishli choralar koʻrildi. Bundan tashqari, joriy yilning sentyabr oyida qarovsiz qolgan 35 nafar voyaga yetmaganlar Sirdaryo viloyati IIB HPB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirildi. Shundan ikki nafar oʻquvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22021-yil 03-avgust kundagi 490-sonli qaroriga muvofiq Guliston Olimpiya zaxiralari kollejiga joylashtirish choralari koʻrilmoqda, shuningdek, inspektor-psixologlar tomonidan dars mashgʻulotlariga qatnashmayotgan oʻquvchilarning uy manziliga MFY vakillari, maktab maʼmuriyati ishtirokida tashrif buyurib, manzilli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

Text to speech