16 Mart 2023 yil 244

Sirdaryo viloyati IIB psixologlari tomonidan IIV Sirdaryo akademik litseyi oʻquvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi.

IIV Sirdaryo Akademik litseyining maʼnaviy-ruhiy muhitini oʻrganish, oʻquvchilar bilan seminar trening mashgʻulotlarini oʻtkazish, shuningdek, oʻquvchi yoshlarni mustaqil qaror qabul qilish, ularda hurmat va fidoyilik muhitini shakllantirish, litsey oʻquvchilarida Vatanparvarlik uchun asos boʻluvchi ahloqiy-ruhiy tarbiyani shakllantirish, stress, depressiyani oldini olish, psixologiya sohasidagi bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha seminar-trening mashgʻulotlari tashkil etildi. Oʻtkazilgan seminar-trening mashgʻulotlarida Sirdaryo viloyati IIB MMI va KBTX psixologlari katta leytenant Sh.Sh.Shermatov, katta leytenant X.A.Pardanovlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvar kunidagi PQ-10-sonli qarori mazmun-mohiyati seminar-trening ishtirokchilariga yetkazilib, bu borada Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish, jamiyatda inson ruhiyati bilan bogʻliq muammolarning yechimi va ularning barvaqt oldini olishga qaratilgan davra-suhbati ham oʻquvchi yoshlarda katta qiziqish uygʻotdi.

Davra suhbatida oʻquvchi yoshlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolar va toʻsiqlar, ularning kelib chiqishining sabab-oqibatlari hamda bartaraf etishning psixologik omillari haqida soʻz yuritilib, psixolog-mutaxassislar tomonidan tegishli tavsiyalar va maslahatlar berildi.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati.

Text to speech