20 Yanvar 2022 yil 307

Sirdaryo viloyati IIB PPX va JTSB xodimlari tomonidan ommaviy tadbirlarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida doimiy ravishda targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.

Sirdaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi ijtimoiy-siyosiy, ommaviy-madaniy, tadbirlarni o‘tkazishda xavfsizlikni ta’minlash otryadi xodimlari tomonidan o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar jarayonida namunali jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida doimiy ravishda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Sirdaryo viloyati hududida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 29 iyun kunidagi “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 205-son Qaroriga asosan birinchi va ikkinchi toifadagi ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan ob’ektlar rahbarlariga ommaviy tadbirni o‘tkazish ob’ekti ma’muriyatiga qonun hujjatlari bilan belgilab berilgan huquq va majburiyatlari tushuntirildi.

Mazkur Qaror bilan ommaviy tadbirni o‘tkazish ob’ekti ma’muriyatiga quyidagi majburiyat yuklatilgan, ya’ni ommaviy tadbirni o‘tkazish ob’ektida mavjud bo‘lgan barcha muhandislik va xabar berish tizimlari, qo‘riqlash va fizik muhofaza qilish, elektron-vizual kuzatish muhandis-texnik vositalarining uzluksiz ishlashini, xavfsizlikni ta’minlash tizimlarini boshqarishning statsionar (ko‘chma) punktlarining tayyorligini, tomoshabinlar joylari (tribunalar), ommaviy tadbir ishtirokchilarini evakuatsiya qilish yo‘llarining tayyorligini, o‘t o‘chirish vositalarining mavjudligi va sozligini, ommaviy tadbirni o‘tkazish ob’ektidagi xodimlarning favqulodda vaziyatlar kelib chiqqan taqdirda ularning harakatlarini tartibga soluvchi xizmat yo‘riqnomalarini bilishlarini ta’minlashlari;

- ommaviy tadbir tashkilotchisiga tomoshabinlar va ommaviy tadbirning boshqa ishtirokchilari uchun mo‘ljallangan joylarning soni to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishlari, ommaviy tadbirni o‘tkazish ob’ektining sig‘imiga muvofiq chiptalar (taklifnomalar)ning sotilishi (berilishi)ni ta’minlashlari;

- ommaviy tadbirni o‘tkazish ob’ektining sanitariya normalari va qoidalariga muvofiqligini, ommaviy tadbirni o‘tkazish ob’ekti va ommaviy tadbirni o‘tkazish ob’ektiga tutash hududlarning zarur darajada yoritilishini ta’minlashlari;

- ommaviy tadbirni o‘tkazish ob’ektining ko‘rinarli joylarida xavfsizlik belgilari, evakuatsiya qilish ko‘rsatkichlarini, harakatlanish qoidalarini, sxemalari, rejalari va yo‘riqnomalarini, yong‘inga qarshi xavfsizlik qoidalarini joylashtirishlari;

- ommaviy tadbir o‘tkazilishidan bir sutka oldin sotilgan chiptalar (berilgan taklifnomalar)ning soni, tomoshabinlar va ommaviy tadbirdagi boshqa ishtirokchilarning taxminiy soni to‘g‘risidagi axborotni ichki ishlar organlariga taqdim etishlari;

- avariyaviy (avtonom) elektr ta’minoti manbai (dizel agregati yoki boshqa vositalar), ularni qo‘llash yo‘riqnomalarining mavjudligini ta’minlash va ulardan foydalanilishi uchun mas’ul shaxsni tayinlashlari;

- tadbir boshlangunga qadar ommaviy tadbirni o‘tkazish ob’ektining mahalliy radiotranslyatsiya tarmog‘i (ovoz kuchaytirgich) orqali ommaviy tadbirni o‘tkazish ob’ektida tomoshabinlar va boshqa ishtirokchilarning o‘zlarini tutish qoidalari, ularning huquq va majburiyatlari e’lon qilinishini tashkil etishlari;

- ommaviy tadbirni o‘tkazish ob’ektiga kirishda, ommaviy tadbirni o‘tkazish ob’ektida tomoshabinlarni va boshqa ishtirokchilarni chiptalar (taklifnomalar) bo‘yicha joylashtirishda kiritish rejimini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirishlari;

- ommaviy tadbir ishtirokchilarining transport vositalari uchun to‘xtash joylari tashkil qilinishini ta’minlashlari;

- ommaviy tadbirni o‘tkazishda fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini ta’minlash masalalari bo‘yicha ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarishlari yana bir bor tushuntirib o‘tildi.

Shuningdek, mazkur qaror bilan ommaviy tadbirni o‘tkazish ob’ekti ma’muriyatiga berilgan huquqlarga ya’ni ommaviy tadbir tashkilotchisidan ommaviy tadbir dasturining o‘z vaqtida taqdim etilishini talab qilish;

- tomoshabinlar va ommaviy tadbirning boshqa ishtirokchilaridan umumiy qabul qilingan xulq-odob normalari va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishlarini nazorat qilish kabi talablar ta’kidlab o‘tilib, shunga asosan tadbirlarni tashkillashtirish lozimligi tushuntirildi.

 Sirdaryo viloyati IIB PPXvaJTSB

Text to speech