22 Yanvar 2022 yil 584

Sirdaryo viloyati IIB PPX va JTSB saf bo‘linmalari xodimlari xizmat jarayonida elektroshok qurilmalaridan foydalanishni boshladi.

Joriy yilning 20 yanvar kunidan boshlab Sirdaryo viloyati viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari xizmat jarayonida elektroshok qurilmalaridan foydalanishni boshladi.

So‘ngi vaqtlarda Ichki ishlar organlari xodimlarining huquqbuzarliklarni to‘xtatish, hujjatlarini tekshirish uchun taqdim etish, ichki ishlar organlariga borish to‘g‘risidagi qonuniy talablarini uzrsiz sabablarsiz bajarmaslik, jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonuniy talablarini bajarmaslik hattoki ayrim holatlarda ularga jismoniy kuch ishlatish, huquqbuzarlar tomonidan fuqarolarga tan jarohati etkazish holatlari kuzatilmoqda.

Albatta jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarliklarni bartaraf etish huquqbuzarlar tomonidan fuqarolarning buzilgan huquqlarni qisqa muddat ichida tiklash hamda javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash albatta Ichki ishlar organlari xodimlarining birinchi galdagi vazifasi hisoblanadi.

Biroq, baʼzi hollarda huquqbuzarlar tomonidan Ichki ishlar organlari xodimlari hamda jabrlangan fuqarolarimizning hayoti va sog‘lig‘iga real xavf tug‘ilgan taqdirda huquqbuzarlarning harakatlariga zudlik bilan chek qo‘yish uchun maxsus vosita hisoblangan elektroshok qurilmasidan foydalanish zarurati tug‘ilmoqda.

Ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik, hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish oqibatida Ichki ishlar organlari xodimlari yoki fuqarolarimizni hayoti va sog‘lig‘iga real xavf tug‘ilgan taqdirda xodimlar tomonidan maxsus vosita hisoblangan elektroshok qurilmasidan foydalaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasining “Elektroshok qurilmalar, uchqun chiqargichlar va shikast yetkazuvchi taʼsiri elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan boshqa qurilmalarning chiqish parametrlari muvofiqligi lozim bo‘lgan normalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2020 yil 27 noyabr kunidagi 751-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 19 yanvar kunidagi 29-sonli buyrug‘i asosida elektroshoker qurilmalaridan foydalanish va uni qo‘llash bo‘yicha 2021 yilning dekabr oyida Sirdaryo viloyati IIB Patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari bilan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi va mashg‘ulotlarda ishtirok etib, sinov imtihonlarini muvofaqiyatli topshirgan xodimlarga sertifikatlar topshirildi.

Sirdaryo viloyati IIB PPX va JTSB

Text to speech