20 Yanvar 2022 yil 277

Sirdaryo viloyati IIB PPX va JTSB Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni Reabilitatsiya qilish markazi xodimlari tomonidan targ‘ibot ishlari amalga oshirilib kelinmoqda

Viloyat hududida aholini ijtimoiy-huquqiy muhofazasini taʼminlash, oilalardagi nosog‘lom muhitni sog‘lomlashtirish, yoshlarni huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, turli salbiy taʼsirlardan saqlash borasida mutasaddi idoralari bilan hamkorlikda bir qator profilaktik-ogohlantiruv tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Keyingi vaqtlarda viloyatimizning shahar-tuman markazlarining jamoat joylarida, ko‘chalarda, bozorlarida, markaziy ko‘chalarining chorrahalarida o‘ziga tilamchilikni kasb qilib olgan, shu jumladan turli viloyatlardan kelgan ish va yashash joyi noaniq bo‘lgan shaxslar tomonidan tilamchilik bilan shug‘ullanish holatlari ko‘payib bormoqda.

Eng achinarlisi, tilamchilik bilan shug‘ullanayotgan shaxslarning aksariyatini ayollar tashkil etishi, ular tilamchilikda voyaga yetmagan farzandlaridan foydalanishayotganligi, natijada bunday muhitda tarbiyalangan voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligi, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayri-ijtimoiy hatti-harakatlar sodir etishga moyil bo‘lishiga olib kelmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, ichki ishlar organlarining bu boradagi xizmat faoliyati samaradorligini yana-da kuchaytirish maqsadida Viloyatimizning shahar-tuman markazlarida davlat boshqaruv idoralari, qo‘shma korxonalar va mehmonxonalar joylashgan hududlarda, ayniqsa viloyatimizning markaziy ko‘chalarida, bozorlarida hamda aholi yashash punktlarida fuqarolarning (yosh bolali ayollar) tilamchilik qilishlariga yo‘l qo‘yilmaslik yuzasidan har bir fuqarolar yig‘inlari mahallalar miqyosida ish va yashash joyini tayini yo‘q va tilamchilik bilan shug‘ullanadigan fuqarolarni aniqlab, ularga ijtimoiy yordam va tarbiyaviy taʼsir ko‘rsatish choralari ko‘rilib tilamchilik bilan shug‘ullanadigan shaxslarga mahalla faollari va maslahatchilari profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda tilamchilik bilan shug‘ullanmaslik yuzasidan profilaktik taʼsir choralari o‘tkazilib ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rishlik yuzasidan ogohlantirilib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB PPX va JTSB MYAJEBSHRQM

Text to speech