16 Noyabr 2021 yil 414

Sirdaryo viloyati IIB PPX va JTSB Karantin tadbirlarini taminlash bo‘linmasi tomonidan Guliston shahar dehqon bozorida tadbir o‘tkazildi.

Sirdaryo viloyatining shahar va tumanlarida aholi orasida sanitariya epidemiologik hamda yuqumli kasalliklarni tarqalishini oldini olish borasida Sirdaryo viloyati IIB PPX va JTSB karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi shaxsiy tarkibi tomonidan viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilinishi nazorat tartibida tekshirilib, fuqarolar tomonidan sotish uchun olib kelingan chorva xayvonlari go‘shtining belgilangan joyda veterinariya sanitariya ko‘rigidan o‘tkazib savdo qilinayotganligi tekshirildi. Tekshiruvlar davomida fuqarolar Z.O‘, A.Q va S.Ular veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilmasdan, belgilanmagan joyda savdo kilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 109-moddasiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, Guliston shahar N.Zokirov ko‘chasida joylashgan do‘konda ijarada turib faoliyat olib borayotgan fuqaro X.Bga tegishli go‘sht mahsulotlari Sirdaryo viloyati IIB PPXvaJTSB karantin guruhi xodimlari hamda Guliston shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mutaxassislari ishtirokida tekshirilganda kelib chiqishi noma’lum, veterinariya-sanitariya ko‘rigidan o‘tkazilmagan 36.5 kg go‘sht saqlanayotganligi aniqlandi. Ushbu go‘sht mahsulotlari insonlar istemoli uchun yaroqli yoki yaroqsizligini aniqlash uchun Viloyat hayvonlar kasalliklari tashhisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markaziga yuborildi.

Viloyat hayvonlar kasalliklari tashhisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazidan olingan tekshiruv xulosalariga ko‘ra ushbu go‘sht mahsulotlari insonlar istemoli uchun yaroqsiz ekanligi, ammo hayvonlar istemoli uchun zararsiz ekanligi aniqlandi.

Tekshiruv xulosasiga asosan veterinariya mutaxassislarining tavsiyasiga asosan ushbu go‘sht mahsulotlari viloyat IIB PPX va JTSB Kinologiya xizmatiga yuk xati orqali topshirildi.

Ushbu tadbir viloyatimiz bo‘ylab davom etmoqda.

 Sirdaryo viloyati IIB PPX va JTSB karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi

Text to speech