23 Noyabr 2022 yil 280

Sirdaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan viloyat hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan xorijiy fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Joriy yilning 22 noyabr kuni Sirdaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan Sirdaryo viloyatidagi “Indorama AgroMCHJda  mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan xorijiy fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.  Uchrashuvda Sirdaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu korxonadagi xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 sentyabrdagi 593-sonli “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori talablari hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya etishlari bo‘yicha tushunchalar berildi.

O‘tgan davr mobaynida Sirdaryo viloyati IIB MvaFRB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 noyabr kunidagi “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibi to‘g‘risida”gi 408-sonli Qarori asosida “Indorama AgroMCHJ xorijiy korxonasida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan 178 nafar xorijiy fuqarolarning viza muddatlari belgilangan tartibda uzaytirildi.

 Sirdaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi

Text to speech