11 Mart 2023 yil 320

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xotin-qizlar bilan saf ko‘rigi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vaziri o‘rinbosarining 2022-yil 23-mart kunidagi “Ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan ishlash borasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilash to‘g‘risida”gi 73-son farmoyishiga asosan Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xotin-qizlar bilan navbatdagi saf ko‘rigi o‘tkazildi.

Saf ko‘rigida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-avgustdagi “Ichki ishlar organlarida formali kiyim-boshni kiyib yurish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 232-sonli buyrug‘iga muvofiq, viloyat ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xotin-qizlarning formali kiyim-boshni kiyish qoidalariga amal qilganliklari ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Saf ko‘rigidan so‘ng xodimalar bilan yig‘ilish o‘tkazilib, unda formali kiyim-bosh hamda formali kiyim-bosh sirasiga kirmaydigan (fuqarolik) kiyimlarini kiyib yurish qoidalari haqida to‘liq tushuntirilib, qoidalarga namunalar ko‘rsatildi.

 

Text to speech