15 Dekabr 2021 yil 291

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlari davom etmoqda

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining tasdiqlangan reja-topshirig‘iga asosan, 2021 yil 15 dekabr kuni Sirdaryo viloyati IIB Tashkiliy boshqarma Yuridik taʼminlash guruhi va Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xodimlari tomonidan Sardoba tumani IIB shaxsiy tarkibi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabr kunidagi "Jamoat xavfsizligi Konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-27-son Farmoni hamda Prezidentimizning 2021 yil 30 noyabr kundagi “ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining yuridik yo‘nalishdagi bilimlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-23-son qarori mavzusida o‘quv-seminar   mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

 Ichki ishlar organlari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabr kunidagi "Jamoat xavfsizligi Konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-27-son Farmoniga asosan tasdiqlangan:

- O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasi;

         - 2022-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini rivojlantirish strategiyasi;

         - 2022-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini rivojlantirish strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;

- Mahallada jamoat xavfsizligini samarali taʼminlash maqsadida ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar ro‘yxati;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalari bo‘yicha hamda PQ-23-son qarorning mazmun-mohiyatlari batafsil tushuntirildi. Xodimlar bilan o‘quv seminar davomida mavzu doirasida turli savol-javoblar bo‘lib o‘tdi va xodimlar o‘zlariga kerakli bo‘lgan maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.                                    

Text to speech