13 Sentyabr 2021 yil 420

Sirdaryo viloyati ichki ishlar hamda sud organlari oʻrtasida qoʻshma yigʻilish oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi takomillashtirish buyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5050-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek profilaktika (katta) inspektorlari vakolati doirasiga kiruvchi maʼmuriy huquqbuzarlikalar boʻyicha ish yurituvini toʻliq elektron shaklga oʻtkazish va profilaktika (katta) inspektorlarining sud majlislarida “masofaviy” tarzda qatnashish amaliyotini hududlarda samarali tashkil etish maqsadida Sirdaryo viloyati IIB HPB profilaktika inspektorlariga 126 ta kompyuter jamlanmalari, 189 ta veb kameralar, 30 ta nusha koʻchirish (skaner) qurilmalari ajratildi. 208 ta tayanch punktlariga optik tolali aloqa tarmogʻi ulanib, internet tarmogʻi ishga tushirildi. Natijada viloyat hududining istalgan nuqtasidan turib sud organlari bilan masofaviy tarzda sud majlislarini tashkil etish imkoniyati yaratildi. Ushbu oʻzgarishlar esa oʻz navbatida fuqarolar uchun bir qator yengilliklar yaratib, korrupsion holatlarning oldi olinishiga, ortiqcha sansalorliklarning yoʻqolishiga, qogʻozbozlikning kamayishiga olib keldi.

Text to speech