27 Yanvar 2023 yil 255

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi 10-sonli Qarori bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.

Joriy yilning 26 yanvar kuni Sirdaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 10-sonli Qarori yuzasidan targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.

Yig‘ilish davomida xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yilning 20 yanvar kunidagi 10-sonli Qarorining mazmun-mohiyati, ushbu qaror bilan bo‘ladigan o‘zgarishlar, “Ichki ishlar organlari xodimlarning kasbiy madaniyat va xizmat intizomi” talablari bo‘yicha xodimlarga qo‘yilayotgan talablar tushuntirib o‘tildi.

Joylarda Boshqarma Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati xodimlari tomonidan targ‘ibot va tashviqot ishlari davom ettirilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati.

Text to speech