4 Yanvar 2022 yil 1757

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tanlov eʼlon qiladi!

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi Yoʻl-patrul xizmati otryadi mobil qurilmalardan foydalanish guruhi haydovchi-operator lavozimlari boʻyicha tanlov eʼlon qilinadi !!!

Mazkur sohaga xizmatga kirish istagini bildirgan fuqarolarning arizalari 2022-yil 17-yanvar kunidan 21-yanvar kuniga qadar, shu jumladan 21-yanvar kuni ham qabul qilinadi. Belgilangan vaqtdan soʻng fuqarolardan arizalar qabul qilinishi toʻxtatiladi !!!

Boʻsh lavozimlardan kelib chiqqan holda mazkur sohaga jami 10 nafar fuqarolar safdorlik lavozimlariga qabul qilinadi.

Xizmatga qabul qilish parametrlari:

Tanlovda, ixtiyoriy tartibda yoshi oʻn sakkizdan kichik va oʻttizdan katta boʻlmagan, shu jumladan oʻttiz yoshdagi ham, Sirdaryo viloyatida doimiy roʻyxatda turuvchi, oliy taʼlim muassasalarining “axborot kommunikatsiya texnologiyalari, aloqa” yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlgan, muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmatni oʻtagan, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sogʻligʻining holati va jismoniy tayyorgarligi boʻyicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, boʻyi 175 santimetrdan past boʻlmagan erkaklar ishtirok etishlari mumkin.

Belgilab berilgan talablarga asosan, nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

- “B” kategoriyalari haydovchilik guvohnomasiga egaligi;- Ish (staji) malakasi 5 (besh) yildan kam boʻlmasligi;

- Maʼlum darajada foto-video qayd etish moslamalarini boshqarishni bilishi;- Oʻzbek va rus tillarini bilishi;

Mobil qurilmalardan foydalanish guruhi haydovchi-operator lavozimiga kirish istagida boʻlgan fuqarolarni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmatiga shaxsini tasdiqlovchi fuqarolik pasporti, maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom (ilovasi bilan), harbiy guvohnomalarining asli hamda haydovchilik guvohnomasi bilan kelishlari soʻraladi.

Tanlovlar nomzodning xohishiga koʻra davlat yoki rus tillarida oʻtkaziladi.

Murojaat uchun telefon 67 343-50-69; 67-343-50-83.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati

Text to speech