26 Yanvar 2023 yil 251

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi MMI va KBTX xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvar kunidagi 10-sonli Qarori bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvar kunida «Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 10-sonli Qarori qabul qilindi. Qaror bilan kelgusida ichki ishlar tizimining bir qator yo‘nalishlarda tub o‘zgarishlar amalga oshirilishi belgilab ham berildi. Mazkur islohotlarning Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida ham amalga oshirilishi soha xodimlarini mamnun etdi.

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Q.X.Shermatov tomonidan Boshqarma Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yilning 20-yanvar kunidagi 10-sonli Qarorining mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

Xodimlarga kelgusida ushbu Qaror ijrosi hamda “Ichki ishlar organlari xodimlarning kasbiy madaniyat va xizmat intizomi” talablari bo‘yicha xodimlar bilan ishni tashkil etish hamda jamoatchilik vakillari bilan keng qamrovli targ‘ibot va tashviqot ishlarini hamkorlikda olib borish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Joylarda Boshqarma Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati xodimlari tomonidan targ‘ibot va tashviqot ishlari davom ettirilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati.

Text to speech