1 Dekabr 2022 yil 51

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik “MEMORANDUMI” imzolandi.

Ichki ishlar organlari xodimlari, ishchi va xizmatchilari, pensionerlar hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida xodimlarning haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqqi keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan turmush o‘rtoqlari va 18 yoshga to‘lgan farzandlarini kasbga yo‘naltirish, kasbiy qiziqishi va layoqatini inobatga olgan holda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini taʼminlash, shuningdek, oilalardagi maʼnaviy-maʼrifiy muhitni yaxshilash maqsadida joriy yilning 30 noyabr kuni Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi bilan “O‘zaro hamkorlik memorandumi” imzolandi.

Memorandumning maqsadi ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollarini belgilash, o‘zaro qiziqish uyg‘otadigan masalalarni kelishgan holda amalga oshirish, o‘zlarining vakolatlari doirasida manfaatli munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish yo‘lida hamkorlikni tashkil etishdan iborat.

Memorandumda “Ishga marhamat” monomarkazlarida xizmat ko‘rsatish va servis, texnik, umumqurilish, xorijiy tillarni o‘qitish, raqamli texnologiyalar, tadbirkorlik asoslari sohalari va boshqa yo‘nalishlarda xodimlarning oila aʼzolari va pensionerlarni kasbga o‘qitilishi belgilangan.

 Sirdaryo viloyati IIB MMI va KBTX

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech