15 Dekabr 2021 yil 261

Sirdaryo viloyati 3-sektor rahbarlariga biriktirilgan umumtaʼlim maktablarida o‘quvchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining tashabbusi bilan boshqarma TVBSO, IIV PXBPZB xodimlari tomonidan Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman ichki ishlar organlari boshliqlariga biriktirilgan umumtaʼlim maktablarida o‘quvchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Guliston shahrining 2, 3 umumtaʼlim maktablarida Sirdaryo viloyati IIB TVBSO, IIV PXBPZB hamda Guliston shahar IIO FMB xodimlari bilan o‘quvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash huquqbuzarlik va jinoyat qurboniga adashib kirib qolmasliglari borasida davra suhbatlari o‘tkazildi hamda taʼlim muassasasida zamonaviy zirhli texnikalar, harbiy qurol aslahalar va himoya vositalarni ishlatish tartibini, texnik xususiyatlari bo‘yicha tushuntirilib, o‘quvchi yoshlarga Sirdaryo viloyati IIB TVBSO shaxsiy tarkibi ko‘rgazmali chiqish namoyish etildi.

Viloyat 3-sektor rahbarlariga biriktirilgan umumtaʼlim maktablarida bosqichma-bosqich tadbirlar davom ettirilmoq.

Text to speech