20 Dekabr 2021 yil 470

Sirdaryo tumanida oʻtkazilgan “Boʻsh ish oʻrinlari va vakant lavozimlari yarmarkasi” boʻlib oʻtdi

Sirdaryo tumanining Bolalar musiqa maktabida Sirdaryo tuman hokimligi, Sirdaryo tuman prokuraturasi , Sirdaryo tuman IIB, Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda tumandagi ishsiz va band boʻlmagan fuqarolarni bandligini taʼminlash maqsadida “Boʻsh ish oʻrinlari va vakant lavozimlari yarmarkasi” oʻtkazildi.

Ushbu tashkil etilgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasini tashkil etishdan maqsad tumanda yaratilgan ish oʻrinlari va boʻsh ish oʻrinlari bilan yaqindan tanishtirish va shu bilan birgalikda ishsiz aholini va eng muhimi yoshlarni hamda Sirdaryo tumani IIB Probatsiya guruhida hisobda turuvchilarni ish bilan taʼminlash maqsad qilib qoʻyilgan.

«Boʻsh ish oʻrinlari va vakant lavozimlari yarmarkasi»da Sirdaryo tumanidagi 32 ta korxona, tashkilot va muassasalar oʻzlarida mavjud boʻlgan 540 ta boʻsh ish oʻrinlari, shundan kasb hunar kollejlari bitiruvchilari uchun 315 ta boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdi.

Ushbu mehnat yarmarkasida Sirdaryo tumani IIB Probatsiya guruhida hisobda turuvchi 35 nafarini nazorat ostida turuvchi shaxslarga yoʻllanmalar berilib, 7 nafar shu yerning oʻzida ishga joylashtirildi.

Mehnat yarmarkasi jarayonida tumandagi band boʻlmagan fuqarolar oʻzlariga maqbul boʻlgan boʻsh ish oʻrinlari bilan batafsil tanishib chiqishlari va ish bilan taʼminlanishlari uchun yaratib berilgan qulay sharoitlardan foydalangan holda oʻzlari tanlagan kasblari boʻyicha ish oʻrinlariga ega boʻlishdi.

Text to speech