16 Noyabr 2021 yil 395

Sirdaryo tumani IIB xodimlari “Yashil makon” umummiliy tadbirida faol ishtirok etishmoqda.

2021-yil 2-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish orqali yashil maydonlarning hajmini hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilgani munosabati bilan Sirdaryo tumani hududida ekologik muhitni yanada yaxshilash, aholi salomatligini saqlash va “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda Sirdaryo tumani Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari faol ishtirok etib kelishmoqda.

Jumladan, ushbu topshiriqga asosan ekilgan daraxt koʻchatlarini turlari hududning iqlim sharoiti va ekish maydonlarining oʻziga xos hususiyatlaridan kelib chiqgan holda tanlab olinib, Sirdaryo tumani IIB maʼmuriy binosi, 1-2-son IIB profilaktika inspektorlari xizmat xonalari va uylari atroflariga hamda 3-sektor binosi atrofi hamda 3-sektor xududidaga boʻysunuvchi 11 ta mahallalarda har xil turdagi koʻchatlar ekish ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan bir qatorda, har bir Sirdaryo tumani Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan “Yashil makon” umummiliy loyihasida vijdonan va sidqidildan ishtirok etishi boʻyicha muntazam targʻibot ishlari olib borilmoqda.

Sirdaryo tuman Ichki ishlar boshqarmasi

Text to speech