18 Oktyabr 2021 yil 326

Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlari shahar-tuman va bo‘limlari faхriylar kengashi raislari o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning tashkil topganligini 30 yilligi munosabati bilan joylarda faxriy xodimlarning ro‘lini oshirish, yosh xodimlarga o‘z bilim va ko‘nikmalarini singdirish, yosh xodimlarni xizmatga bo‘lgan ijobiy fazilatlarini shakllantirish, o‘z kasbiga va Vataniga bo‘lgan sadoqatini oshirish, ularning kasbiy mahoratini, huquqiy ongini, ahloqiy, ma’naviy-ma’rifiy va siyosiy ongini yuksaltirish, joylardagi faxriylar raislari o‘rtasida ularning ish faoliyatlari, jamoadagi o‘rni, bilim saviyalarini oshirish maqsadida 2021 yil 15 oktyabr kuni Sirdaryo viloyati IIB shahar-tuman va joylardagi bo‘limlarning faxriy raislari o‘rtasida musobaqaning viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqa shartlariga ko‘ra 1-o‘rin Sirdaryo tumani IIB faxriylar kengashi raisiga nasib qilgan bo‘lsa, faxriy 2-o‘rin Sirdaryo viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash bo‘limi faxriylar kengashi raisi nafaqadagi mayor Erkaboy Qo‘ziboevga nasib qildi va respublika bosqichi uchun yo‘llanmani qo’lga kiritdi.

   Sirdaryo viloyati IIB Transportda XTB

Text to speech