11 Dekabr 2021 yil 272

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari “Bor mehrimiz senga bolajon” shiori ostida beg‘araz donorlik aksiyasida faol ishtirok etishdi.

Barchamizga ma’lumki har kuni dunyo bo‘yicha minglab insonlar donor frontiga ehtiyoj sezadi. Donorlik insonlarga yaxshilik qilishning eng oddiy ko‘rinishi bo‘lib, ushbu beg‘araz ko‘ngilli yordam qonga ehtiyoji bor insonlar uchun haqiqiy ko‘makdir. Bugun xodimlarimiz ulkan jonbozlik ko‘rsatishdi. Sababi ular ko‘plab insonlarning shodligiga erishishdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida gematologiya va transfizalogiya xizmatlarini rivojlantirish hamda onkogematologiya va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan shaxslarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4592-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentining 2021 yil 2 dekabr kunidagi 23/2027-sonli ko‘rsatmasi asosida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari joriy yilning 10 dekabr kuni Sirdaryo viloyati qon quyish markaziga tashrif buyurib, “Bor mehrimiz senga bolajon” shiori ostida beg‘araz donorlik aksiyasida faol ishtirok etdilar.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ichki ishlar organlari xodimlari orasida beg‘araz donorlikni targ‘ib qilish, fuqarolar salomatligini mustahkamlash hamda ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Mazkur “Donorlik kuni” aksiyasida Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlaridan 25 nafar xodim faol ishtirok etib, jami 12 litr miqdorda qon topshirildi. Bu kichik miqdor bo‘lib ko‘rinishi mumkin, lekin bu miqdor bir necha bemorlar hayoti uchun juda muhimdir.

Tashkil etilgan bu kabi tadbirlar har bir xodimni vataniga, xalqiga va oilasiga bo‘lgan sadoqatini yanada mustahkamlab, “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burch” ekanligini his qilgan holda xizmat olib borishini ta’minlaydi.

Sirdaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati.

 

Text to speech