27 Noyabr 2021 yil 393

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari uchun kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Azaldan insonlarga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatib kelayotgan, ularni bilimli, tarbiyali qilib, kasb-hunar oʻrgatib, komillik va yaxshilikka yetaklovchi muhim omil – bu kitobga doʻst boʻlishdir. Darhaqiqat, insonga kitobdan qimmatli doʻst yoʻq. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida oʻrni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuygʻularini yuksaltirib, ezguliklarga undaydi.

Bugungi kunda mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirishga davlat siyosati darajasida qaralmoqda. Soʻnggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan aholi, xususan, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish, bu orqali maʼnaviy-maʼrifiy muhitni yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga sazovordir.

Joriy yilning 24 noyabr kuni xodimlarning kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida kitoblar yarmarkasi o‘tkazildi. Kitoblar yarmarkasida xodimlar bilim saviyasini oshirish, vatanga bo‘lgan muhabbati va dunyoqarashini kengaytirish maqsadida Ichki ishlar vazirining 400-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan ichki ishlar organlari xodimlari o‘qishi uchun tavsiya etilgan 39 turdagi badiiy adabiyotlarni olish imkoniyati yaratib berildi. 

Tashkil etilgan bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar har bir xodimni vataniga, xalqiga va oilasiga bo‘lgan sadoqatini yanada mustahkamlab, “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch” ekanligini his qilgan holda halol xizmat olib borishini ta’minlaydi.

 Sirdaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati.

Text to speech