20 May 2022 yil 250

Sirdaryo viloyat 3-sektor rahbarining hududlar boʻylab sayyor qabullari davom etmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘I, 3-sektor rahbari Oqoltin tumani “Toshkent” mahallasi hududida aholi bilan to‘g‘ridan-to‘gri manzilli muloqotini o‘tkazdi. Maqsad murojaatlarni joyida o‘rganish va ularni hal etishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuv davomida fuqarolar yuzaga kelayotgan bir qator ijtimoiy va shaxsiy masalalarda viloyat 3-sektor rahbariga yuzlanishdi. Jumladan sayyor qabul davomida aholidan ichimlik suv minorasini taʼmirlash , bolalar sportini rivojlantirish uchun "street work out" sport maydonchasini qurish hamda ichki yo‘llarga tosh shag‘al to‘kish masalalarida amaliy ko‘mak so‘raldi. Shu bilan birga tijorat banklaridan imtiyozli kredit olish va o‘z-o‘zini band qilish maqsadida subsidiya ajratilishi masalasida ham murojaatlar kelib tushdi.

Qabul davomida jami 30 nafardan ortiq fuqarolar qatnashgan bo‘lsa, ulardan 16 nafari turli masalalarda murojaat qilishdi. Kelib tushgan murojaatlarning 5 tasi shu yerning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, ijrosi vaqt talab qilgan murojaatlar nazoratga olinib, tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga ijobiy hal qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.Shuningdek viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘I jarayonlar davomida mahallabay o‘rganishlarni olib borib, bir qator fuqarolarning yashash sharoitlari va ularni qiynab kelayotgan muammolari bilan yaqindan tanishdi.Viloyat 3-sektori rahbarining tashabbusi bilan 10 ga yaqin tibbiy ko‘rikka muhtoj fuqarolarga malakali mutaxassislar tomonidan sifatli xizmat ko‘rsatilib zarur dori-darmonlar ulashildi.

Boshqarma boshligʻining topshirigʻiga asosan Oqoltin tumani “Yangi hayot” MFY, Matonat koʻchasi, 14/2-uyda yashovchi Jalilova Zumradxon Joʻrayevnaning murojaati yuzasidan uning xonadoniga malakali tibbiyot mutaxassislari bilan birga tashrif buyurilib 1-guruh nogironi boʻlgan qizi Nurmatova Vasilaxonni xolidan xabar olinib unga tibbiy yordam koʻrsatildi hamda viloyat tibbiyot muassasalariga borib davolanishi uchun yoʻllanma berildi. Fuqaro Zumradxon Jalilovaning oilasiga bir martalik moddiy yordam koʻrsatildi.

Inson qadrini ulug‘lashdek ezgu maqsadlarni ko‘zlagan bunday uchrashuvlar va o‘rganishlar viloyat 3-sektori rahbari tomonidan barcha hududlarda uzluksiz ravishda o‘tkazilmoqda.

Text to speech