1 Fevral 2023 yil 233

Sirdaryo tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik J.B.Saibov IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari uchun mahorat darsi o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor A.I.Ikramov huzurida 2022 yil 7 sentyabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 108-sonli bayoni 12.1-bandi ijrosini taʼminlash hamda Ichki ishlar vazirligining idoraviy akademik litseylari o‘quvchilarida Ichki ishlar organlari xizmatiga qiziqishini yana-da oshirish hamda ularda vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida hududiy Ichki ishlar organlari rahbarlari, tuman (shahar) IIB boshliqlari tomonidan “ochiq muloqot” shaklida mahorat darslari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 30 yanvar kuni Sirdaryo tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Saibov Jasur Yashin o‘g‘li IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari bilan “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish yangi bosqichda” mavzusida mashg‘ulot o‘tkazdi.

Ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tgan mahorat darsida podpolkovnik J.Ya.Saibov dastlab davlatimiz rahbari tomonidan bugungi kunda Ichki ishlar organlariga yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, bugungi kunda Ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati haqida so‘zlab berib, o‘zining Ichki ishlar organlaridagi faoliyati va esda qolarli voqealar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Podpolkovnik J.Ya.Saibov yoshlarga, Ichki ishlar organlari uchun vatanparvar, yuksak maʼnaviyatli, ruhan tetik, jismoniy sog‘lom nomzodlarni tayyorlash davr talabi ekanligini, kelgusida shu sohada faoliyat ko‘rsatadigan yoshlarni mana shunday fazilatlarga ega bo‘lishlari zarurligini taʼkidladi.

Text to speech