1 Fevral 2023 yil 848

Shirin shahar hamda Mirzaobod tuman Ichki ishlar boʻlimlarida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Bugun, shirin shahar hamda Mirzaobod tuman Ichki ishlar boʻlimlarida boʻlib oʻtgan yigʻilishda ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻi bilan tayinlov amalga oshirildi.

podpolkovnik Begimov Utkirjon Sattarovich, Shirin shahar Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi lavozimiga. Tayinlovga qadar U. Begimov Sirdaryo viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmatida boʻlim boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek podpolkovnik Xolmatov Akmal Nematovich Mirzaobod tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar A.Xolmatov Shirin shahar IIB boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Yigʻilishda, Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi Sandjar Jabarov, shahar-tuman sektor rahbarlari, sohaviy xizmat hamda tashkilot rahbarlari, shahar-tuman IIB lar xodimlari ishtirok etishdi. Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi tomonidan, Shirin shahar hamda Mirzaobod tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish choralarini kuchaytirish va bu borada keng jamoatchilik bilan hamkorlikda ishlarni amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

 

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech