27 Fevral 2023 yil 233

Sayxunobod tumanida “Voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish”ga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Sayxunobodlik tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi katta tergovchisi kapitan F.U.Eshqulov, tuman IIB JXX HPB XQMB katta inspektor katta leytenant S.X.Farmonqulova hamda maktab maʼmuriyati tomonidan tumandagi 35-sonli umumtaʼlim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari bilan birgalikda “Voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish”ga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Yig‘ilish davomida o‘quvchilarga tuman hududida Voyaga yetmaganlar tomonidan muqaddam bezorilik, o‘g‘irlik va talonchilik kabi sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, bunga imkon bergan sharoitlar va mazkur jinoyatlar uchun berilgan jazo choralari ko‘rilganligi, mazkur jinoyatlarni sodir etgan Voyaga yetmaganlar jazo kursisiga o‘tirganida va ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilganida o‘zlarining pushaymonliklarini, ularga imkon berilganida boshqa bunday jinoyatlarga qo‘l urmasliklarini ko‘z yoshlari bilan bildirishganligini, ushbu qilmishlari natijasida ularning ota-onalarining yuzi yerga qaraganliklari yetkazilib, o‘quvchilarga ularga davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, belgilangan tartibga rioya qilishlari, maktab darsliklarini mukammal o‘zlashtirishlari, o‘zlarining bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishlari, odob-axloq, jamiyatda yurish-turish qoidalariga amal qilish, tengdoshlari va ustozlari bilan xush muomalada bo‘lishlari, internet ijtimoiy tarmoqlaridagi xar-xil buzuq va axloqqa zid bo‘lgan saytlarga aʼzo bo‘lmaslik, foydalanmaslik va shu mazmundagi taqiqlangan diniy mazmundagi materiallarni o‘qimaslik va tarqatmaslik, bunday harakatlar uchun javobgarlik mavjudligi, o‘quvchi qizlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, nomaqbul harakatlarni sodir etmaslik, biror og‘ir jinoyatlarning jabrlanuvchisi bo‘lib qolmaslik uchun nojo‘ya harakatlarni amalga oshirmaslik kabi tushunchalar yetkazildi. Mavzu yuzasidan o‘quvchilarga huquqiy tushunchalar berilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi. Mazkur huquqiy targ‘ibot yig‘ilishini o‘tkazilishidan ko‘zlangan maqsad, voyaga yetmagan o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarni oldini olish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik hisoblanadi.

Text to speech