16 Noyabr 2021 yil 370

Sayxunobod tumani IIB xodimlari “Yashil makon” umummiliy tadbirida faol ishtirok etishmoqda.

2021-yil 2-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish orqali yashil maydonlarning hajmini hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilgani munosabati bilan Sayxunobod tumani hududida ekologik muhitni yanada yaxshilash, aholi salomatligini saqlash va “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda Sayxunobod tumani Ichki ishlar boʻlimi xodimlari faol ishtirok etib kelishmoqda.

Jumladan, ushbu topshiriqga asosan ekilgan daraxt koʻchatlarini turlari hududning iqlim sharoiti va ekish maydonlarining oʻziga xos hususiyatlaridan kelib chiqgan holda tanlab olinib, joriy yilning 12-noyabr kuniga qadar tuman IIB maʼmuriy hududida hamda uning atroflariga va profilaktika inspektorlarining xizmat uylariga 320 ta manzarali hamda 120 ta mevali koʻchatlar ekilishi ishlari tashkillashtirildi.

Shu bilan bir qatorda, har bir Sayxunobod tumani Ichki ishlar boʻlimi xodimlari bilan “Yashil makon” umummiliy loyihasida vijdonan va sidqidildan ishtirok etishi boʻyicha muntazam targʻibot ishlari olib borilmoqda.

Sayxunobod tumani IIB

Text to speech