18 Noyabr 2021 yil 436

Sayxunobod tumanida “Ishga marxamat” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Sayxunobod tumani Bandlikka ko‘maklashish markazida tuman Bandlikka ko‘maklashish Markazi xodimlari, Sayxunobod tumani IIO Probatsiya guruhi xodimlari bilan hamkorlikda hozirgi kunda vaqtincha ishsiz bo‘lgan fuqarolar, nazorat ostidagi shaxslar, voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashga majbur bo‘lganlarlarni bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha “Ishga marxamat” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Yarmarkada Sayxunobod tumani IIB Probatsiya guruhida nazorat ostida turgan shaxslar qatnashdi. Nazorat ostida turgan shaxslar tumandagi bo`sh ish o`rinlari hamda haq to`lanadigan jamoat ishlari bilan tanishtirildi. Nazorat ostidagi shasxlar A.R, B.M va X.D lar haq to`lanadigan jamoat ishlarida ishlashini ma`lum qildi. Qolgan fuqarolar hozirgi kunda norasmiy ish bilan bandligini bildirib markaz tomonidan taklif etilgan ishlarni rad etdi.

Yarmarka natijalariga ko‘ra, jami 15 nafar ishsiz fuqarolar ish bilan ta’minlash bo‘yicha yo‘llanmalar berildi, shuningdek 10 nafar ishsiz fuqaroga huquqiy maslahat va tushunchalar berildi.

 Sayxunobod tumani IIB Probatsiya guruhi

Text to speech