17 Yanvar 2022 yil 327

Sayxunobod tumanida boʻlib oʻtgan sayyor sudda...

Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzaobod tuman sudining raisi F.Suvanqulov raisligida, tuman IIB Probatsiya guruhi katta inspektori kapitan O.Oʻ.Bastamovlar ishtirokida Sayxunobod tuman sudining binosida sayyor sud boʻlib oʻtdi.

Sayyor sud majlisida quyidagi masala kӯrib chiqildi:

- Tuzalish yoʻliga oʻtgan nazorat ostidagi shaxslar:

V.Zikirlayev, B.Jamolov, X.Rahimovlar (Ism familiyalari shartli ravishda oʻzgartirilgan). Oʻzbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan jazo oʻtash muddatidan ilgari ozod etildi.

Sud jarayonida raislik etuvchi F.Suvanqulov tomonidan mahkumlarning huquq va majburiyatlari tushuntirilib, Oʻzbekiston Respublikasi JKning 60-moddasi toʻgʻrisida huquqiy tushunchalar berildi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech