24 Sentyabr 2022 yil 280

Qurol to‘g‘risida Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida seminar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasining «Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida» 2022 yil 31 maydagi O‘RQ-772-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining MJtKda fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari tomonidan qurol va uning o‘q-dorilari bilan muomalada bo‘lish qoidalarining buzilishi uchun alohida maʼmuriy javobgarlik choralari belgilanganligi, qurol egalari va ularning yaqin qarindoshlarini qurolga egalik qilishga qarshi ko‘rsatmalar mavjud emasligi yuzasidan tibbiy tekshiruv o‘tkazish tartibi, shuningdek, qurolga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar ro‘yxatlari tasdiqlanganligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, ov quroliga egalik qilishning eng kam yoshi 21 dan 25 yoshgacha oshirilganligi, kalta stvolli pnevmatik qurolning realizatsiyasi taqiqlanganligi, barcha turdagi pnevmatik qurolga (og‘iz qismidagi jouli va kalibridan qatʼiy nazar) egalik qilishni faqat IIOning ruxsatnomasi asosida amalga oshirish hamda fuqaro egaligida bo‘lishi mumkin bo‘lgan bunday qurol sonini 3 dona bilan cheklanganligi, qurol va uning o‘q-dorilarini hadya etish taqiqlanganligi, shu bilan birga, Qonun 2022 yilning 2 sentyabridan va javobgarlik masalalari qismida 2 dekabr kuni kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 avgust kunidagi “Qurol to‘g‘risida qonunchilik takomillashtirilishi hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartiblari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining  ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 444-son Qarori mazmun, mohiyati hamda uning ahamiyati to‘g‘risida tushunchalar berilib, 444-son Qarorida O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 31 may kunidagi O‘RQ-772-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini realizatsiya (oldi-sotdi) qilish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan Guliston shahar Ulug‘ yo‘l mahallasi Beruniy ko‘chasida joylashgan “Bars-sporting” MCHJga qarashli ovchilik do‘koni orqali amalga oshirilishi, kalta stvolli pnevmatik qurollarning realizatsiya qilishi taqiqlanganligi, boshqa turdagi pnevmatik qurol esa parametrlari qanday bo‘lishidan qatʼiy nazar faqat IIOlarining ruxsatnomalari asosida sotib olinishi nazarda tutilganligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Text to speech