14 Sentyabr 2021 yil 475

Qotillar qoʻlga olindi

Joriy yilning 10-sentyabr kuni soat 13:50da Mirzaobod tumani, Dehqonobod MFY hududidagi dala maydoni chetidagi jingʻil butalari orasidan ayol jinsiga mansub, yoqib yuborilgan holdagi jasadi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, nomaʼlum murdaning shaxsiga aniqlik kiritilib, ushbu jinoyatni sodir qilgan shaxslar S.K, hamda uning jinoiy sheriklari L.K, S.M, V.D va J.Mlar ekanligi aniqlanib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Hozirda holat yuzasidan Mirzaobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «j» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech