3 Iyun 2023 yil 425

Mukammal egallangan bilim insonni komillikka yetaklaydi. Yoshlarni yetuk mutaxassis bo‘lishi kabi ulug‘vor maqsadlar esa oliy taʼlimga o‘qishga kirishdan boshlanadi.

Joriy yilning 1 iyun kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida Nukus innovatsion institutining Sirdaryo filiali o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Sh.Madrahimov, o‘quv uslubi boshqaruvi boshlig‘i J.Karimov hamda bosh hisobchi N.Xudoyqulovlar ishtirokida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi. Muassasa vakillari Nukus innovatsion institutida taʼlim olish uchun keng imkoniyatlar, qulay shart-sharoitlar va zamonaviy moddiy-texnika bazasi bilan taʼminlanganligi to‘g‘risida aytib o‘tdilar. Shuningdek, institutda boshlang‘ich taʼlim, maktabgacha taʼlim, pedagogika va psixologiya, moliya va moliyaviy texnologiya, dasturiy injenerlik, filologiya (ingliz tili), buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olishlari mumkinligini, qolaversa 3-bosqichda  aʼlo baholarga o‘qigan talabalarni Latviya, Koreya, Turkiya, Rossiya kabi davlatlarda o‘qish imkoniyatlariga ega bo‘lishlari hamda har bir yo‘nalish bo‘yicha 2 (ikki) tadan grant ajratilganligi to‘g‘risida maʼlumot berishdi. Yig‘ilishi so‘nggida o‘quvchilar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda kelgusida oliygohga o‘qishga topshirish niyatlarini bildirishdi.

Bu kabi targ‘ibot va tashviqot ishlari o‘quvchilarning o‘zlariga kerakli sohani tanlab hujjat topshirishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Text to speech