17 Sentyabr 2020 yil 682

Payshanba profilaktika kuni doirasida karantin tartib-qoidalari nazorati boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

Shirin shaxar IIB XPB xodimlari tomonidan keng jamotchilik bilan hamkorlikda karantin cheklovlariga amal qilinishi boʻyicha targʻibot tashviqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, koʻchaga niqobsiz chiqmaslik, sanitariya gegeniya qoidalariga rioya qilishlik, toʻy xashamlarni 30 kishidan oshirmaslik kabi tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Karantin eʼlon qilingandan shu bugungi kunga qadar 1034 nafar fuqarolar karantin qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Shundan 27 nafariga nisbatan sud tomonidan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan. 2 nafari karantin vaqtida toʻy va xashamlarni oʻtkazish tartibini qoʻpol ravishda buzganligi uchun, 3 nafari uy sharoitida karantinga olingan vaqtida karantin qoidasini buzganliklari uchun tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Bugungi kunga qadar shaxar hududida karantinga olingan 463 nafar fuqaroning 1213 nafar oila aʼzolari jami boʻlib, 1677 nafar fuqarolar uy sharoitida karantinga olingan.

Hurmatli fuqarolar karantin qoidalariga amal qiling. Zero oʻzimiz va yaqinlarimiz sogʻligʻini asrash oʻzimizning qoʻlimizda.

Text to speech