28 Noyabr 2021 yil 405

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6196-son Farmoni amalda. Sirdaryo viloyati IIBda o‘quv amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. 

Viloyat IIB boshlig‘i Shuhrat Husanovich Bo‘ronov raisligida “Sirdaryo viloyati hududida “qizil”, “sariq” va “yashil” toifaga kiritilgan mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida o‘quv amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 mart kunidagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6196-son Farmoni ijrosi yuzasidan Respublikadagi barcha mahallalarni kriminogen vaziyatdan kelib chiqqan holda “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratib, profilaktik tadbirlarni tashkil yetish maqsadida Sirdaryo viloyatidagi mavjud 236 ta mahallalarda joriy yilning 10 oyi davomida sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilinib, 91 ta mahallalar “qizil”,  28 tasi “sariq” va 117 tasi “yashil” toifalarga ajratildi.

Ushbu mahallalarda huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida Sirdaryo viloyati IIB va shahar-tuman ichki ishlar organlari rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat boshliqlari 236 ta mahallalarning barchasiga "fuqarobay" tarzda ishlash tizimini tashkil etish bo‘yicha biriktirildi.

O‘quv seminarida boshqarma HPB boshlig‘i Sh.U.Uralov tomonidan mahallalarga biriktirilgan rahbarlarga mahalladada jinoyat keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan 32 toifadagi shaxslar bilan "fuqarobay" tarzda ishlash tizimini tashkil etish bo‘yicha ko‘rgazmali, taqdimot orqali tushuntirib, ularga uslubiy qo‘llanmalar tarqatildi. 

Text to speech