20 Dekabr 2021 yil 337

Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida 1.840.000 soʻmlik pirotexnika vositalarini sotayotgan vaqtda fuqarolar qoʻlga olindi.

Sirdaryo viloyati IIB TEQKB masʼul xodimlari tomonidan Mirzaobod tuman hududida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Mirzaobod tumani, Yangiobod mahallasida yashovchi fuqarolar V.A, N.K hamda S.A lar Mirzaobod tumani, Yangiobod MFY hududida “BRITANIK” nomli 40 blokda 22.000 dona, «Zolotoi pesov» nomli 20 dona salyut, “Korolevskiy salyut” nomli 10 dona salyutlar umumiy narxi 1.840.000 soʻmlik pirotexnika vositalarini sotayotgan vaqtda ushlanib, hujjatlar rasmiylashtirilib olindi. 

Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 1851-moddasi (Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan hujjatlar rasmiylashtirildi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech