22 Dekabr 2021 yil 359

Oqoltin tumanida probatsiya hisobida turgan mahkumlarga sayyor sud bo‘lib o‘tdi

Oqoltin tumani IIO Probatsiya guruhi tomonidan 2021 yil 02 dekabr  kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Oqoltin tuman sudi  binosida navbatdagi o‘tkazilgan sudda quyidagi Oqoltin tumani IIO Probatsiya guruhida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning ishlari ko‘rib chiqildi.

Jumladan quyidagi mahkumlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Oqoltin tuman sudinig 09.08.2021 yildagi ajrimiga asosan O‘zbekiston Respublikasi JKning 46-moddasiga asosan 11 oy 1 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosiga  almashtirilgan. Oqoltin tumani Toshkent mahallasida yashovchi mahkuma M.A Jinoyat ishlari bo‘yicha Oqoltin tuman sudinig 02.12.2021 yildagi ajrimiga asosan O‘zbekiston Respublikasi JKning 481-moddasiga asosan o‘talmay qolgan 7 oy 26 kun muddatga ozodlikdan mahrum kilish jazosiga almashtirildi.

12.11.2020 yilda Guliston shahar sudining hukmiga asosan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan o‘talmay qolgan 2 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan, Oqoltin tumani Shodlik mahallasida yashovchi mahkum E.Dni JKning 73-moddasiga asosan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi. 

O‘tkazilgan sayyor sudda JIB Oqoltin tuman sudining raisi M.Mirzoxidov, tuman prokurori yordamchisi G‘.Sanaqulov, Probatsiya guruhi hodimlari hamda ikki nafar nazorat ostidagi shaxs ishtirok etdi. 

     Oqoltin tumani IIO Probatsiya guruhi 

Text to speech