15 Noyabr 2022 yil 284

“Ochiq eshiklar kuni”munosabati bilan IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilarining Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga tashrifi uyushtirildi.

Yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, ularni ona Vataniga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida joriy yilning 14 noyabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida tahsil olayotgan o‘quvchilarining Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga tashrifi uyushtirildi.

Tashrif davomida o‘quvchilar Sirdaryo viloyati IIBda tashkil etilgan “Ajdodlar izidan avlodlar” muzeyi va “Vatanparvarlik burchagi”ga tashrifi uyushtirildi.

Ushbu tashrifda o‘quvchilar Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining “Ajdodlar izidan avlodlar” muzeyini ko‘zdan kechirar ekan, Sirdaryo viloyatining boy tarixi, Sardoba suv omborining talafoti, shahar-tuman Ichki ishlar organlarining tarixi, ikkinchi jahon urushi va Afg‘oniston urushi qatnashchilari, xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishib kelgan hamda Prezident tomonidan davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan xodimlar, xizmat vazifasini bajarish chog‘ida mardlarcha halok bo‘lgan xodimlarning faoliyatini ko‘rib o‘z hayratlarini yashira olmadilar.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligining bayrog‘i va emblemasi, shahar-tuman Ichki ishlar organining tashkil etilishi tarixi, uni tasvirlovchi fotosuratlar, faoliyatiga oid lavhalar va alohida namunali belgilar, davlat mukofotlari va idoraviy ko‘krak nishonlari tasvirlari aks ettirilgan stendlar, jamoa va alohida xodimlar tomonidan sportda erishilgan yutuqlar, Amir Temurning "Temur tuzuklari" asari haqidagi maʼlumotlar, o‘zbek xalqining buyuk siymolari, mutafakkir olimlari va allomalarining hayoti va faoliyatiga oid stendlar va o‘sha davrlar ruhini to‘liq his etishga imkon beruvchi eksponatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ichki ishlar organlariga tashriflari va faoliyatiga oid iqtiboslari aks ettirilgan stendlar ushbu vatanparvarlik burchagi hamda muzeyga tashrif buyurgan yoshlarda katta taasurot qoldirdi.

Shuningdek, tashrif davomida o‘quvchilar Sirdaryo viloyati IIB navbatchilik qismi hamda “102” tizimi bilan ham yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Tashkil etilgan bu kabi madaniy tadbirlar yoshlarning vataniga va xalqiga bo‘lgan sadoqatini yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati. 

Text to speech